05:36 27 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Hodisalar
Havola olish
257 0 0

Yetti marotaba Olimpiada musobaqalarida ishtirok etgani bilan mashhur boʻlgan gimnastikachi Oksana Chusovitina mingan samolyotning barcha yoʻlovchilari evakuatsiya qilindi

TOSHKENT, 13 dek — Sputnik. Bortida Oksana Chusovitina boʻlgan samolyot portlash xavfi tufayli qoʻnishga majbur boʻldi, deb xabar qilmoqda "Darakchi" nashri.

Oʻzbek gimnastikachisi Oksana Chusovitina Nyu-York aeroportiga majburiy qoʻnishni amalga oshirgan samolyot yoʻlovchilari orasida edi. Uch karra jahon chempioni boʻlgan Oksana Chusovitina AQShning Xyuston shahrida yashovchi murabbiysi Svetlana Boginskayaning oldidan Germaniyaning Frankfurt-na-Mayn shahri tomon yoʻl olgandi.

"Parvoz vaqtida samolyotga portlovchi modda qoʻyilgani haqida xabar berildi, – deydi gimnastikachi. – Biz endigina Nyu-York shahri ustidan uchib oʻtgandik, bu xabardan 10 daqiqa oʻtgach, samolyot orqaga qaytib, Nyu-Yorkka qoʻndi. Barcha yoʻlovchilar evakuatsiya qilinib, reys bekor qilindi. Endi ertaga uchish mumkinligi haqida ogohlantirildik".

Oksana Chusovitina yetti marotaba Olimpiada musobaqalarida ishtirok etib, Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan yagona sportchi hisoblanadi. U 2016 yilda Rio-de-Janeyroda oʻtkazilgan 56 kunlik Olimpiada musobaqalarida 41 yoshga toʻlganiga qaramay, ishtiroki bilan barchani hayratga soldi.

Teglar:
samolyot, Chusovitina, portlash xavfi

Asosiy mavzular