00:43 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Hodisalar
Havola olish
52034

Bir necha kun davom etgan "qora sovuq" tufayli Afgʻoniston shimolida eng kamida 27 nafar bolakay halok boʻlgan

TOSHKENT, 26 yanv — Sputnik. Afgʻoniston shimolida kuchli qor yogʻishi va sovuq ob-havo tufayli eng kamida 27 nafar bolakay nobud boʻldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Nashrda yozilishicha, bu haqda mahalliy OAVlarga tayangan holda Sinxua nashri xabar qilgan.

"Toʻxtovsiz yoqqan qor va uzoq davom etgan izgʻirinli ob-havo tufayli qishloqlar va tibbiy markazlarni bogʻlab turuvchi yoʻllar bekilib qolgan. Oqibatda Jauzjan qishlogʻidagi Darzab uyezdida 27 nafar begunoh bolakay nobud boʻlgan", — deb xabar qilgan uyezd boshligʻi Rahmatulla Hashar.

Xabarda taʼkidlanishicha, bir necha kun oldin boshlangan qor ayrim provintsiyalarda yarim metrgacha borgan.

Teglar:
halokat, qora sovuq, Afgʻoniston

Asosiy mavzular