21:42 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Hodisalar
Havola olish
35922

3 fevral kuni soat 9:40 da Qamchiq dovonida A-373 "Toshkent-Oʻsh" avtomobil yoʻlining 233-kmida 1000 kub metr hajmdagi qor koʻchkisi yuz berdi

TOSHKENT, 4 fev — Sputnik. Kecha soat 9:40 da Qamchiq dovonida A-373 "Toshkent-Oʻsh" avtomobil yoʻlining 233-kmida 1000 kub metr hajmdagi qor koʻchkisi yuz berdi. Soat 10:30 da esa shu yoʻlning 243-kmida 250 kub metrlik qor koʻchkisi yuz berdi, deb xabar bergan Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

FVV va "Oʻzavtoyoʻl" kompaniyasi kuchlari bilan yoʻlni qordan tozalash boʻyicha tadbirlarini oʻtkazgan. Qurbonlar va vayronagarchiliklar boʻlmagan.

Yoʻlning qolgan qismlarida ham koʻchki yuz berishi xavfi tufayli 228-253-kilometrlarda harakatlanish toʻxtatilgan.

Toshkent viloyatining Ohangaron va Angren shaharlarida, Namangan viloyatining Pop tumanlarida yoʻlovchilarni va avtotransport haydovchilarini qabul qilish boʻyicha choralar koʻrilgan.

Dovonni kechib oʻtishga imkoniyati boʻlmaganlar Ohangaron, Angren va Pop tumani umumiy ovqatlanish punktlarida joylashtirilmoqdalar. Ularga barcha sharoitlar, issiq yegulik, suv, dam olish uchun joylar muhayyo qilingan.

FVVning taʼkidlashicha, qor qatlamining holati nobarqaror va koʻchish xavfi saqlanib qolmoqda.

 

Teglar:
harakatlanish toʻxtatildi, dovon, Qamchiq

Asosiy mavzular