06:03 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Hodisalar
Havola olish
279 0 0

Germaniyaning sobiq kantsleri Gelmut Kol vafot etdi, deb xabar qilmoqda BILD nashri

TOSHKENT, 16 iyun — Sputnik. Germaniyaning sobiq kantsleri Gelmut Kol 87 yoshida olamdan oʻtdi, deb xabar qildi Bild.

Nashrga koʻra, Kol Lyudvigsxafen-am-Rayn shahrida joylashgan oʻz uyida olamdan oʻtgan.

Kol 1982 yildan 1998 yilga qadar Gremaniya Federativ respublikasi kantsleri lavozimida ishlagan. U ushbu lavozimga qatorasiga toʻrt marta saylangan yagona nemis siyosatchisi hisoblanadi. GFRga rahbarlik qilgan davrida Kol Yevropa va Germaniya birlashuvi jarayoniga hamda sovuq urush tugallanishiga ulkan hissa qoʻshgan.

Gelmut Kol — Germaniya tarixiga bagʻishlangan bir necha kitoblar muallifidir. U nemis va xorijiy ordenlar bilan taqdirlangan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Teglar:
Germaniya kantsleri, Gelmut Kol, vafot etdi

Asosiy mavzular