05:41 16 Avgust 2018
Efir
  • RUB115.07
  • EUR8888.62
  • USD7790.20
Krusheniye passajirskogo samoleta v Moskovskoy oblasti

An-148 halokati: motam kuni, bortda boʻlgan chet elliklar va jahon hamjamiyati hamdardligi

Press-slujba MCHS RF
Hodisalar
Havola olish
An-148 samolyoti halokati (7)
537 0 0

Moskvadan Orsk shahriga qarab uchayotgan An-148 samolyoti halokati munosabati bilan Orenburg viloyatida motam kuni eʼlon qilindi

TOSHKENT, 12 fev — Sputnik. Orsk shahriga qarab uchayotgan samolyotning halokatga uchrashi va undagi yoʻlovchilarning barchasi hamda ekipaj aʼzolarining vafot etishi munosabati bilan Orenburg viloyatida motam kuni eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

"Dushanba, 12 fevral kuni Orenburg viloyatida halok boʻlganlar xotirasiga motam kuni deb eʼlon qilindi", — degan region rahbari.

Moskva-Orsk reysini bajarayotgan "Saratovskiye avialinii"ga tegishli An-148 samolyoti Moskva viloyatining Ramenskoye tumanida, Stepanovskoye aholi yashash punkti yonida halokatga uchragan.

Rosaviatsiya maʼlumotlariga koʻra, ekipaj bilan samolyot Domodedovo aeroportidan havoga koʻtarilganidan soʻng bir necha daqiqa oʻtgach aloqa yoʻqolgan. Shu paytgacha berilgan maʼlumotlarga koʻra, samolyot bortida boʻlgan 65 nafar yoʻlovchi va olti nafar ekipaj aʼzolari halok boʻlganlar.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi halokatga uchragan samolyot bortida ikki nafar chet elliklar boʻlganini tasdiqlagan: bular Shveytsariya va Ozarbayjon fuqarolari ekanligi aytilmoqda.

Rossiya hukumati nomiga dunyo hamjamiyatidan chuqur hamdarlik bildirilgan telegrammalar kelishda davom etmoqda.

Xususan, Rossiya xalqi va hukumati nomiga Ukraina rahbariyati, Oq Uy maʼmuriyati, Misr, BMT Bosh kotibi hamdardlik maktublarini yoʻllaganlar.

Mavzu:
An-148 samolyoti halokati (7)

Asosiy mavzular