15:14 26 May 2018
Efir
  • EUR9396.79
  • RUB128.37
  • USD7997.95
Ogon

Vahshiylik: Fargʻonada tadbirkorni doʻpposlab, soʻng yoqib yuborishdi

Sputnik / Jyulyen Mattia
Hodisalar
Havola olish
284000

Fargʻona viloyatida vahshiyona jinoyat sodir boʻldi: bir guruh shaxslar 40 yoshli tadbirkorni doʻpposlab, soʻng yoqib yuborishdi

TOSHKENT, 13 fev — Sputnik. Fargʻona viloyatining Bogʻdod tumanida  yashovchi T.Mamadaliyev 4 fevral kuni huquqni muhofaza organiga murojaat qiladi.

Uning bildirishicha, 3 fevral kuni soat 16.30larda oʻgʻli, xususiy tadbirkor, 1977 yilda tugʻilgan R.Mamadaliyev oʻrtoqlari bilan Rishton tumanida joylashgan “Boʻston mazzali taomlari” nomli choyxonada oʻtirgan vaqtida nomaʼlum shaxs tomonidan chaqirib olingan. Shundan soʻng u oʻrtoqlarining oldiga qaytib kirmasdan hamda yashash uyiga kelmasdan bedarak yoʻqolgan.

Oʻzbekiston IIV matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, surishtiruv ishlari natijasida bir necha nafar shaxs R.Mamadaliyevni choyxonadan koʻchaga chaqirtirib, “Lasetti” rusumli avtomashinaga oʻtkazishganligi va uni “Mirzaobod tutzori” fermer xoʻjaligi dala maydoniga olib borishganligi aniqlangan.

Bu yerda R.Mamadaliyevni urib hushsiz holatga keltirib, sodir etgan jinoyatlarini yashirish maqsadida uning ustiga oʻzlari bilan olib kelgan benzinni sepib yoqib yuborishgan.

Koʻrilgan choralar natijasida jinoiy guruhning barcha ishtirokchilari qoʻlga olingan.

Asosiy mavzular