05:24 23 Sentyabr 2018
Efir
  • RUB118.05
  • EUR9347.75
  • USD8039.00
Ruki v naruchnikax

Fargʻonalik yigit Suriyada terrorchilar safida jang qilgani uchun 15 yilga qamaldi

© fotolia
Hodisalar
Havola olish
27910

Fuqaro Oʻzbekiston va Turkiya maxsus xizmatlari tomonidan oʻtkazilgan hamkorlikdagi operatsiya natijasida Rossiyaga chiqib ketishi oldidan qoʻlga olingan

TOSHKENT, 13 mar — Sputnik. Jinoyat ishlari boʻyicha Fargʻona viloyat sudi tomonidan fuqaro Abdubosid Axmadjonov Suriyada terrorchilar guruhlari safida jangovar harakatlarda ishtiroki hamda Rossiyada teraktni tashkillashtirishda aloqadorligi tufayli 15 yillik qamoq jazosiga mahkum etildi.

"Abdubosid Axmadjonov, 1996 yilda Margʻilonda tugʻilgan, radikal ekstremistik tashkilotlar tarkibida jangovar harakatlarda qatnashgani hamda Rossiya shaharlaridan birida terakt tashkillashtirishda ishtiroki uchun 15 yilga ozodlikdan mahrum etildi", — deb aniqlik kiritgan RIA Novosti nashriga sud vakillaridan biri.

Tergov maʼlumotlariga koʻra, ayblanuvchi 2012 yilda Turkiyaga pul ishlagani ketib, "Tauxid val-Jihod" radikal guruh vakillari taʼsiriga tushib qolgan. 2016 yilning yanvarida Axmadjonov Suriyaga oʻtgan va u yerda harbiy tayyorgarlikdan oʻtib, avvaliga "Tauxid val-Jihod" radikal guruh, soʻngra "Imorat Kavkaz" terrorchilik tashkiloti saflarida jangovar harakatlarda qatnasha boshlagan.

Sud davomida ayblanuvchi Suriyada jangarilar safida yuz bergan jiddiy yoʻqotishlardan soʻng u Turkiyaga qaytishga qaror qilganini tan olgan. Ammo uning oldiga shunda bir shart qoʻyilgan: u 15 ming dollar mukofot evaziga Rossiya shaharlaridan birida terakt tashkillashtirishda ishtirok etishi lozim edi.

Turkiya yertoʻlalarida u portlovchi modda tayyorlash boʻyicha "kurslar"ni tamomlab, shundan soʻng Rossiyaga borib, terakt tashkilotchilariga qoʻshilishi kerak edi.

2017 yilning oʻrtalarida Oʻzbekiston va Turkiya maxsus xizmatlari tomonidan oʻtkazilgan hamkorlikdagi operatsiya natijasida Axmadjonov Rossiyaga chiqib ketishi oldidan qoʻlga olinadi. "Sud jarayoni davomida sudlanuvchi oʻz aybiga toʻliq iqror boʻlib, qilgan ishidan pushaymonligini maʼlum qildi", — qoʻshimcha qilgan sud vakili.

Asosiy mavzular