Murod Xonto‘rayev nega qo‘lga olingani ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovBoysi, kotorie srazatsya za poyas chempiona WEF: Murod Xanturayev (Uzbekistan) i Konstantin Andreysev (Rossiya)
Boysi, kotorie srazatsya za poyas chempiona WEF: Murod Xanturayev (Uzbekistan) i Konstantin Andreysev (Rossiya) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar IIBB Murod Xonto‘rayevning qo‘lga olinganini tasdiqladi.

TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Kuni kecha Toshkent shahrida taniqli kurashchi Murod Xonto‘rayevning qo‘lga olinganligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Toshkent shahar IIBB Axborot multimedia markazi Murod Xonto‘rayev qo‘lga olinganligini tasdiqladi.

Murod Xonto‘rayev hamda bir qator shaxslar joriy yilning 20 dan 21-iyunga o‘tar kechasi Yunusobod tumanidagi tungi klublardan birida jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzganlik, tartibsizlik qilgani uchun ushlangan.

Hozirda, Murod Xonto‘rayevga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) tartibida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0