01:29 23 Sentyabr 2018
Efir
  • RUB118.05
  • EUR9347.75
  • USD8039.00
Naruchniki na dveri kleti

Fargʻona viloyatida 7 ming dollar pora soʻragan deputat qoʻlga olindi

© Sputnik / Vitaliy Belousov
Hodisalar
Havola olish
49510

Pedagogika institutiga kiritib qoʻyish uchun tovlamachilikda gumonlanayotganlar Beshariq tumanida yashovchi fuqarodan 7 ming dollar soʻrashgan.

TOSHKENT, 12 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston DXX xodimlari yetti ming dollar evaziga oʻqishga kiritib qoʻyishga vaʼda bergan Fargʻona viloyatidagi kengashlardan birining deputatini qoʻlga olishdi, deb xabar berdi "Oʻzbekiston 24" kanali.

"Xalq deputatlari Dangʻara kengashi deputati, Qoʻqon davlat pedagogika instituti metodist lavozimida ishlovchi Muhayyo Qodirova abituriyentlarni pul evaziga oliygohga kirishiga yordam berish uchun tanishi Mashhura Abdurahimova bilan jinoiy til biriktirgan", – deyiladi telekanal xabarida.

Pedagogika institutiga kiritib qoʻyish uchun tovlamachilikda gumonlanayotganlar Beshariq tumanida yashovchi fuqarodan 7 ming dollar soʻrashgan. Shu bilan birga yana bir fuqarodan Qoʻqon tibbiyot kollejiga kirishda yordam berishni vaʼda qilgan ayollar 800 dollar talab qilishgan.

Qodirova va Abdurahimova pullarni olayotgan vaqtida qoʻlga olingan. Ularga nisbatan “tovlamachilik” moddasi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Asosiy mavzular