Toshkent viloyati hokimligi amaldori pora bilan qo‘lga tushdi

© Press-slujba GU MVD RF / Mediabankka o‘tishZaderjanie za vzatku
Zaderjanie za vzatku - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mansabdor shaxs pora sifatida yer ajratish evaziga 5000 dollar talab qildi.

TOShKENT, 5 okt - Sputnik. Toshkent viloyati hokimligi Moliya bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlovchi J.N. 5000 dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlandi, deb xabar qildi IIV matbuot xizmati.

Mobilniy telefon - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyadan uchib kelgan yo‘lovchi telefonida 189 dona pornografik videolar aniqlandi

Xabarda aytilishicha, shu yil 3-oktabr kuni fuqaro A.S. Ichki ishlar vazirligiga ariza bilan murojaat qilib, unda o‘zini Toshkent viloyati hokimligi Moliya bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari deb tanishtirgan shaxs unga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun Bo‘stonliq tumanidagi turizm uchun ajratilgan zahira yerlardan 3 gektar yer maydoni olib berishga va’da qilib, evaziga oldindan 5000 dollari miqdoridagi pullarni berishini talab qilayotganligini ma’lum qildi.

Shu kuni IIV tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida, Toshkent viloyati hokimligi Moliya bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlovchi J.N. Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Parkent ko‘chasida ariza muallifidan 5000 dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlandi.

Ushbu holat yuzasidan IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0