21:53 15 Noyabr 2018
Efir
  • RUB121.79
  • EUR9374.66
  • USD8271.27
Xorog

Xorugʻda mahalliy aholi militsiyaga qarshi namoyishga chiqdi

© Sputnik / Amir Isayev
Hodisalar
Havola olish
550 0 0

Bir necha yuz kishidan iborat mahalliy aholi Xorugʻ shahar maʼmuriyatidan shahardan DAN postini va huquqni saqlash organlarining qushimcha kuchlarini olib chiqib ketishni talab qilishdi. 

TOSHKENT, 8 noya – Sputnik. Tojikistonning Togʻli – Badaxshon avtomnom okrugining Xorugʻ shahrida mahalliy aholi shahardagi davlat avtomobil nazorati posti oʻrnatilishiga qarshi namoyish oʻtkazdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.  

Bir necha yuz kishidan mahalliy aholi Xorugʻ shahar maʼmuriyati binosi oldidan toʻplanishdi. Shahardan DAN postini va huquqni saqlash organlarining qushimcha kuchlarini olib chiqib ketishni talab qilishgan. 

Togʻli Badaxshon viloyati rahbari Yodgor Fayzov soʻzga chiqib namoyishchilar talablarini eshitdi va Boʻlib oʻtgan voqeani tekshirish uchun maxsus komissiya tashkil qilinishini xabar qildi.

Shunindek viloyat rahbari Xorugʻda militsiya postlari qonuniychilik va huquq tartibotni taʼminlash maqsadida bir qancha muddat saqlanib qolishini taʼkidladi va aholidan ushbu post faʼoliyatiga xalaqit bermaslikni surashdi.

Eslatib oʻtamiz, Xorugʻ shahrida 4 noyabrdan 5 noyabrga oʻtar kechasi mahalliy aholi va  DAN posti xodimlari orasida otishma boʻlgan va uning oqibatida ikki nafar mahalliy aholining jarohatlangan edi.

Hukumat shundan soʻng hukumat xabarida "yosh yigitlardan iborat jinoiy guruh, norasmiy rahbari Xursand Mazorov boshchiligida Xorugʻ shahrida DAN xodimlari ishlariga xalaqit qilishga urinishgan", deyilgan edi.

Tojikistonning Togʻli-Badaxshon avtomnom okrugida jinoyatchilarni va giyohvand moddalari sotuvchilargi qoʻlga olishga qaratilgan saʼy-harakatlariga qaramasdan, vaziyat notinchligicha qolmoqda. Ilgariroq Tojikiston prezidenti Imomoli Rahmon ushbu okrugga tashrif buyurib Yodgor Fayzovni mintaqa rahbar etib tayinlangan edi.

Asosiy mavzular