09:40 18 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
KPP, arxivnoye foto

Dron, viski va oyoq qismiga skotchlab yashirilgan telefonlar: bojxona tekshiruvi

© Sputnik / Amir Isayev
Hodisalar
Havola olish
27210

Fuqaro bel va oyoq qismlariga skotchlab yashirilgan holda 48 dona uyali aloqa vositalarini respublikaga olib kirayotganida toʻxtatib qolindi.

TOSHKENT, 5 dek – Sputnik. Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan taqiqlangan yoki sifati kafolatlanmagan tovarlarni noqonuniy yoʻllar bilan olib kirishga boʻlgan bir nechta holatlar aniqlandi, deb xabar qildi bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati.

Jumladan “Yallama” chegara bojxona postiga “Neksiya” rusumli avtotransport vositasida kirib kelgan Z.A. ismli fuqaroning qoʻl yuklari bojxona koʻrigidan oʻtkazilganda, tegishli ruxsatnomalarsiz olib kirilishi taqiqlangan hamda belgilangan meʼyorlardan ortiqcha boʻlgan narxi 5,3 mln. soʻmlik 1 dona uchuvchisiz uchish apparati, 1 dona elektroshoker, 14 shisha konyak va viskilarni noqonuniy ravishda respublikaga olib kirayotgani aniqlandi.

“Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan X.T.ning qoʻl yuklari bojxona nazoratidan oʻtkazilganida esa ogʻzaki soʻrovda taqdim qilinmagan hamda tegishli  meʼyordan ortiqcha boʻlgan qiymati 6,8 million soʻmlik 19 turdagi, 342 dona koʻzoynaklarni yashirib olib kirish holati aniqlandi.

"Mazkur post xodimlarida shubha uygʻotgan yana bir fuqaro A.SH.  xolislar ishtirokida shaxsiy koʻrikdan oʻtkazilganda, yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida yozib koʻrsatilmagan hamda ogʻzaki soʻrovda taqdim qilinmagan, bel va oyoq qismlariga skotchlab yashirilgan holda qiymati 2,4 million soʻmlik 48 dona uyali aloqa vositalarini respublikaga olib kirayotganida toʻxtatib qolindi", - deyilgan xabarda.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvi olib borilmoqda.

Asosiy mavzular