00:35 19 Fevral 2019
Efir
  • RUB127.67
  • EUR9510.03
  • USD8395.15
Naruchniki

Boʻgʻib oʻldirilgan 15 yashar qiz: qotillikning dahshatli tafsilotlari

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov
Hodisalar
Havola olish
2799 0 0

Yunusobod tumanida boʻgʻib oʻldirilgan maktab oʻquvchisi qotillik ishining yangi tafsilotlari paydo boʻldi.

TOSHKENT, 8 fev - Sputnik. Toshkentning Yunusobod tumanida boʻgʻib oʻldirilgan maktab oʻquvchisi bilan bogʻliq qotillik ishining yangi tafsilotlari eʼlon qilindi.

Avvalroq juma, 7 fevral kuni, poytaxtning 246-sonli umumtaʼlim oʻrta maktabi 9-sinf oʻquvchisining jasadi u istiqomat qilgan uyda topilgani haqida xabar bergan edik.

Aniqlanishicha, qiz boʻgʻib oʻldirilgan.

Tergov–tezkor chora-tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan 20 yoshli E.A. ushlangan.

Keyinroq maʼlum boʻlishicha, qoʻlga olingan shaxs – oʻldirilgan qizning oʻgay akasi boʻlib chiqqan. Dastlabki xabarlarga koʻra, u ushbu qotillikni oʻzaro janjal chogʻida sodir etgan.

Toshkent prokuraturasi mazkur qotillik yuzasidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam oʻldirish) bilan jinoiy ish qoʻzgʻatgan.

Hozirda jinoyatning sodir etilishi sabablari aniqlanmoqda.

Asosiy mavzular