11:08 25 Aprel 2019
Efir
  • RUB131.78
  • EUR9493.15
  • USD8441.36
Konservirovannыe pomidorы

Jizzaxda sakkiz kishi tuzlamadan zaharlandi

CC BY 4.0 / torange.biz
Hodisalar
Havola olish
98 0 0

Jizzax viloyatining SH.Rashidov tumanida yashovchi ayol oʻz uyida oila aʼzolari bilan birgalikda uy sharoitida tayyorlangan pomidor mahsulotini isteʼmol qilgan.

TOSHKENT, 11 fev – Sputnik. 2019 yil 8 fevral kuni Jizzax viloyatining SH.Rashidov tumanida yashovchi M.P. (ayol) oʻz uyida oila aʼzolari bilan birgalikda uy sharoitida tayyorlangan pomidor mahsulotini (tuzlama) isteʼmol qilgan va natijada 8 nafar kishi zaharlangan.

Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, ularning 5 nafariga kasalxonada tibbiy yordam koʻrsatilib, uyiga javob berilgan. Uch nafari kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

“Hurmatli fuqarolar, uy sharoitida tayyorlangan tuzlama mahsulotlarini isteʼmol qilishda hamisha hushyor boʻling, avvalo uning isteʼmolga yaroqlilik holatiga alohida eʼtibor qarating!” - deyilgan xabarda.

Asosiy mavzular