Qayn ukasi 16-marta pichoq urgan homilador ayolni Xotin-qizlar qo‘mitasi himoyaga oldi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishAvtomobil skoroy pomoshi
Avtomobil skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
14 fevral kuni ayol kesarcha kesish orqali farzandini dunyoga keltiradi

TOShKENT, 12 fev - Sputnik. Xotin-qizlar qo‘mitasi qayni ukasi tomondan pichoqlangan homilador ayolni o‘z himoyasiga oldi, deb xabar berdi qo‘mita matbuot-xizmati.

Ubiystvo nojom - Sputnik O‘zbekiston
O‘ch olish, rashk va meros mojarosi: O‘zbekistonda maishiy qotilliklar sabablari va statistikasi

"O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi o‘z tashabbusi bilan ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama bo‘layotgan qayni ukasi tomonidan 16-marta pichoq urilgan homilador ayolning sud jarayonida ishtirok etishni maqsadga muvofiq deb topdi.

Xotin-qizlar qo‘mitasi vakili jamoatchi himoyachi sifatida qatnashib, ayolning qonuniy huquqlarini himoya qiladi", - deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, yuz bergan hodisa oqibatlari mudhish tugashi mumkin edi, biroq besh soatlik jarrohlik amaliyoti ayolni hayotga qaytardi, mo‘’jiza bilan ona ham homila ham saqlab qolindi. 14-fevral kuni ayol kesarcha kesish orqali farzandini dunyoga keltiradi.

Sud o‘z qarorini 12-fevral kuni e’lon qiladi.

Yangiliklar lentasi
0