Yana pichoqbozlik: Toshkentda kollej o‘quvchisi kursdoshini pichoqladi

Obuna bo‘lish
Toshkent shahrining Yashnobod tumanida kollej o‘quvchilari o‘rtasida pichoqbozlik holati qayd etildi.

TOShKENT, 20 mar – Sputnik. Toshkentda kollej o‘quvchilari o‘rtasida pichoqbozlik holati qayd etildi.

O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining xabar qilishicha, 2019-yil 19-mart kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumani Visol 7-tor ko‘chasida yashovchi, “Qurilish” kasb-hunar kolleji 3-bosqich o‘quvchisi M.R. kollej oldida o‘zaro janjal tufayli kursdoshini pichoq bilan jarohatlagan. 

Draka - Sputnik O‘zbekiston
Yoshlik – beboshlik: Qo‘qonda kollej o‘quvchisi maktab o‘quvchisini pichoqladi

Natijada jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan, jinoyatchi esa qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qo‘qon shahrida kollej o‘quvchisi maktab o‘quvchisini pichoqlab jarohat yetkazgani haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0