20:28 15 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Kupyurы amerikanskix dollarov.

Toshkentda 2-mutaxassislik uchun 15 ming dollar soʻragan shaxs qoʻlga olindi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv
Hodisalar
Havola olish
121 0 0

Jinoyatchi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali mazkur universitetning ikkinchi mutaxassislik yoʻnalishi boʻyicha oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan.

TOSHKENT, 4 apr - Sputnik. Toshkentda 2-mutaxassislik uchun 15 ming dollar soʻragan shaxs qoʻlga olindi.

Bosh prokuraturaning maʼlum qilishicha, departamentning Toshkent shahar boshqarmasi va Yashnobod tuman boʻlimi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir oʻtkaziladi.

Tadbir natijasida “Agrokimyo stantsiyasi Toshkent filiali” MCHJ direktori vazifasini bajaruvchi M.B. fuqaro S.Oʻ.ni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali mazkur universitetning ikkinchi mutaxassislik yoʻnalishi boʻyicha oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 15.000 dollarni firibgarlik yoʻli bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyatchiga nisbatan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Asosiy mavzular