19:53 15 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Prestupnik za reshetkoy

Oʻzbekiston “Ilhom” teatri asoschisi Mark Vaylning qotilini vaqtincha Tojikistonga topshirdi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova
Hodisalar
Havola olish
182 0 0

Yoqub Gʻafurov Oʻzbekiston hududida bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topib, 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum etgan edi.

TOSHKENT, 4 apr – Sputnik. Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi Tojikiston Bosh prokuraturasi soʻrovi boʻyicha mahkum Yoqub Gʻafurovni (Tojikiston fuqarosi, 1973 yilda tugʻilgan) qoʻshni davlat vakolatli organlari qoʻliga topshirdi. Bu haqda Sputnik agentligiga Oʻzbekiston Bosh prokuraturasining matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, 19 yanvar kuni Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi tojik tomonining soʻrovini qanoatlantirdi va 12 fevral kuni mahkum Yoqub Gʻofurovni tegishli qonun va xalqaro hujjatlar talablari asosida Tojikistonning uni keyinchalik jazoni davom ettirishi uchun Oʻzbekistonga qaytarish toʻgʻrisidagi kafolati ostida qoʻshni davlat vakolatli organlariga vaqtinchalikka topshirdi.

Yoqub Gʻafurov 1999 yilda Tojikiston hududida qoʻshni davlat Jinoyat kodeksining qator moddalarida koʻrsatilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortish maqsadida Tojikistonga vaqtinchalik topshirildi.

2010 yil 17 fevral kuni jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudi Yoqub Gʻafurovni Oʻzbekiston hududida bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topib, 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum etgan edi. Jumladan, Yoqub Gʻafurov sheriklari Alisher Sattorov va Qahramon Poʻlatov bilan “Ilhom” teatri asoschisi Mark Vaylning oʻlimida aybdor deb topilgan.

Mark Vayl 2007 yil 6 sentyabrda oʻldirilgandi. Unga uyining podʼezdida hujum qilingan. Ogʻir tan jarohatlarini olgan 55 yoshli Mark Vayl shifoxonada vafot etgan.

Asosiy mavzular