23:51 10 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Hodisalar
Havola olish
336 0 0

Hozirgi kunda temir yoʻlining ustki qismni tiklash va mustahkamlash ishlari olib borilmoqda.

TOSHKENT, 6 apr  — Sputnik. Joriy yil 6 aprelga oʻtar kechasi ertalab kuchli yomgʻir yogʻishi tufayli Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanidagi Akrabat qishlogʻida koʻchki yuzaga kelib, temir yoʻlning izlarini pasayishiga olib keldi.

Hozirgi kunda temir yoʻlining ustki qismni tiklash va mustahkamlash ishlari olib borilmoqda. Yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlash maqsadida ushbu yoʻl vaqtincha yopildi.

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ tomonidan toʻxtatilgan yuk poezdining elektrovoz ishchi-xodimlarini tashish uchun avtobus tashkil etildi. 

Taʼkidlash lozim, tabiiy hodisa natijasida jabrlanganlar yoʻq, yuk poyezdining vagonlari shikastlanmadi.

Kompaniya rahbariyati bugun kechgacha ushbu temir yoʻl uchastkasini toʻliq tiklash ishlarini yakunlashni rejalashtirmoqda.

Asosiy mavzular