16:48 21 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Dengi

Tugʻruqxonadagi jirkanch jinoyat: chaqaloq yuz dollarga sotildi

© Sputnik / Vladimir Sergeyev
Hodisalar
Havola olish
397 0 0

Chaqaloq boshqa fuqaroga soxta hujjatlar rasmiylashtirish orqali sotib yuborilgan.

TOSHKENT, 9 apr – Sputnik. Yangiyoʻl tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli tugʻruq boʻlimi jinoyat sodir etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.  

Xabarda aytilishicha, departamentning Yangiyoʻl shahar boʻlimi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tekshirishda, Yangiyoʻl tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli tugʻruq boʻlimi akusher-ginekologi R.X., fuqaro Z.E.ning 01.04.2019 yilda tugʻilgan qiz farzandini goʻyoki oʻldi deb xabar berib, bu haqda hech qanday maʼlumot qayd etmasdan, 100 AQSH dollari evaziga chaqaloqni fuqaro S.M. dunyoga keltirgan deb, uning nomiga tugʻruq haqida soxta hujjatlar rasmiylashtirish orqali sotib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, shu oy boshida Fargʻonada 5 kunlik chaqaloqni 500 dollarga sotayotgan hamshiralar qoʻlga olinganligi haqida xabar berilgandi. 

Oʻzbekiston tumanining tibbiyot birlashmasiga qarashli tugʻruqxona boʻlimi hamshiralari A.I. va R.Q.lar, fuqaro G.T.ning  5 kunlik oʻgʻil farzandini tugʻruqxona boʻlimida fuqaro M.R.ga 500 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Asosiy mavzular