11:46 24 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Dollarы SSHA

Oʻn bir ming dollar evaziga oʻqishga kiritmoqchi boʻlgan firibgar qoʻlga tushdi

© Sputnik / Mixail Kutuzov
Hodisalar
Havola olish
217 0 0

Toshkent davlat yuridik universitetiga oʻqishga kiritishni vaʼda qilgan firibgar qoʻlga tushdi.

TOSHKENT, 12 apr – Sputnik.  Toshkentda 11 ming dollari davlat yuridik universitetiga evaziga oʻqishga kiritishni vaʼda qilgan firibgar qoʻlga olindi, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, Departamentning Chilonzor tuman boʻlimi xodimlari tomonidan fuqaro M.T.ning murojaatiga asosan olib borilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.G. 2018 yilda yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro M.T.ni Toshkent davlat yuridik universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 11.000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.G.ga nisbatan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Asosiy mavzular