20:41 20 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Mujchina derjit naruchniki

Oʻzbekistonda har kuni oʻrtacha bitta odam oʻldirilayapti

Sputnik / Vladimir Fedorenko
Hodisalar
Havola olish
483 0 0

Tahlil etilayotgan davrda prokuratura organlari tomonidan 3 212 ta jinoyat ishi boʻyicha tergov harakatlari oʻtkazilgan.

TOSHKENT, 17 apr – Sputnik. Oʻzbekistonda 2019 yilning 3 oyi ichida 90 ta qotillik jinoyatlari sodir etilgan.

Bu raqamlar prokuratura organlari tergov tarmoqlari faoliyati ustidan nazorat boshqarmasi tomonidan prokuratura organlari tomonidan 2019 yilning dastlabki 3 oyida tergov qilingan jinoyat ishlari tahlil qilingan hisobotda keltirib oʻtilgan.

Xabarda taʼkidlanishicha, sodir etilgan qotillik jinoyatlarining hozircha faqat 1 tasi fosh etilmasdan qolmoqda.

Shuningdek, tahlil etilayotgan davrda prokuratura organlari tomonidan 3 212 (3 264) ta jinoyat ishi boʻyicha tergov harakatlari oʻtkazilib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 190 taga yoki 1,5 foizga kamaygan. Shundan 1 756 (1 819) nafar shaxsga nisbatan 1 129 (1 183) ta jinoyat ishi sudga yuborilib, oʻtgan yilga qaraganda 54 taga yoki 4,5 foizga kamaygan.

Samarqandda mastlik holatida kelib chiqqan oʻzaro janjal qotillik bilan yakundi

Maʼlum boʻlishicha, 2019 yilning dastlabki 3 oyida 399 (263) ta jinoyat ishining tergovi, shu jumladan, 210 (143) tasi JPKning 83-moddasiga, 189 (120) tasi 84-moddasiga asosan tugatilgan boʻlib, bu koʻrsatkich tergov qilingan jami jinoyat ishlarining 16,1 (9,7) foizini tashkil etadi.

Yana pichoqbozlik: Toshkentda kollej oʻquvchisi kursdoshini pichoqladi

Asosiy mavzular