Bosh prokuratura “Qodirov ishi” haqida tarqalgan yangi xabarga munosabat bildirdi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishSotrudnik sledstvennogo izolyatora
Sotrudnik sledstvennogo izolyatora - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bosh prokuratura internetda «Qodirov ishi” doirasida hibsga olinganlar qiynoqlarga solingani haqida tarqalgan xabarga munosabat bildirdi.

TOShKENT, 22 apr - Sputnik. Bosh prokuratura 18-aprel kuni internetda "Qodirov ishi" doirasida hibsga olingan mansabdor shaxslar tergov davomida qiynoqlarga solingani haqida tarqalgan xabarga munosabat bildirdi.

Sledstvenniy izolyator, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Rashid Qodirovga nisbatan hech qanday qiynoq qo‘llanilmagan – Bosh prokuratura

“Maqolada xuddiki ayblanuvchilar U.Sunnatov va U.Xurramovlarga nisbatan jismoniy va psixologik zo‘ravonlik va qo‘pol munosabatda bo‘lingani qayd etilgan. Avval xabar qilinganidek, Bosh prokuratura tomonidan R.Qodirov va boshqalarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov olib borilgan hamda 13 nafar shaxsga mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish, pora olish, shuningdek, boshqa mansabdorlik va iqtisodiy jinoyatlarni sodir etish bo‘yicha ayb e’lon qilingan. Dastlabki tergov Jinoyat-protsessual kodeksining qoidalariga qat’iy amal qilgan holda olib borilgan, ayblanuvchilarga va ularning yaqin qarindoshlariga nisbatan hech qanday qiynoqlar yoki boshqa noqonuniy xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yilmagan”, - deyiladi rasmiy bayonotda.

Ma’lum bo‘lishicha, ayblanuvchilar U.Sunnatov va U.Xurramov ularga qo‘yilgan ayblovlarni faqat qisman tan olgan.

Bu esa ularga ayblov bo‘yicha o‘z fikrini erkin ifoda etish imkoniyati berilgani va ularga nisbatan jismoniy tazyiq o‘tkazilganlik fakti mavjud emasligidan dalolatdir, deya ma’lum qiladi Bosh prokuratura.

Podozrevayemiy v sude - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda sobiq bosh prokuror Rashid Qodirov ustidan sud boshlandi

Qonunchilikka binoan, ayblanuvchi va sudlanuvchilar ularga nisbatan e’lon qilingan ayblov bo‘yicha har qanday pozitsiyani egallash huquqiga ega. O‘z navbatida Bosh prokuratura U.Sunnatov va U.Xurramovning tergov davomida ularga nisbatan qiynoqlar qo‘llanganligi to‘g‘risidagi vajlariga javoban aniq pozitsiyasini bildirib, yuqoridagi ko‘rsatmalar haqiqatga mos kelmasligini qat’iy ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bosh prokuratura Rashid Qodirovga nisbatan hech qanday qiynoq qo‘llanilmaganini ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0