17:26 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Hodisalar
Havola olish
315 0 0

Kecha Tula viloyatining Uzlovaya shahrida mudhish qotillik sodir boʻldi. Pichoq bilan qurollangan erkak “Pyatyorochka” doʻkoniga kirib, oʻzbekistonlik kassir ayolga hujum qilib, uni pichoqlab ketgan.

TOSHKENT, 1 may – Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Tula viloyatining Uzlovaya shahrida (Rossiya) Oʻzbekiston fuqarosining oʻldirilganligi yuzasidan izoh berdi.

Xabarda taʼkidlanishicha, Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismida (odam oʻldirish) koʻzda tutilgan jinoyat alomatlari boʻyicha jinoyat ishi ochilgan. Mazkur qotillikni amalga oshirganlikda gumonlanayotgan 34 yoshli erkak qoʻlga olingan.

“Konsullik-huquqiy departamenti marhumaning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etadi hamda Elchixona Konsullik boʻlimi ushbu mudhish hodisani marhumaning jasadini Surxondaryo viloyatiga olib kelishda koʻmaklashish maqsadida nazoratda ushlab turganini maʼlum qiladi”, - deyiladi xabarda.

29 aprel kuni Rossiyaning Tula viloyati Uzlovaya shahrida mudhish qotillik sodir boʻldi. Pichoq bilan qurollangan erkak “Pyatyorochka” doʻkoniga kirib, kassir ayolga hujum qilgan. Qotil ayolga pichoq bilan 21 ta zarba berib, voqea joyidan yashiringan.

Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining aniqlik kiritishicha, halok boʻlgan ayol 1986 yilda tugʻilgan asli oʻzbekistonlik, ammo hozirda qadar Rossiya fuqaroligida boʻlgan Umida Zurayevna Egamurotova ekanligi tasdiqlangan.

Asosiy mavzular