13:58 24 May 2019
Efir
  • RUB131.06
  • EUR9439.00
  • USD8460.92
Denejnыe kupyurы. Dollarы SSHA.

Uyini AQSH dollarida sotayotgan fuqarolar qoʻlga olinmagan – Bosh prokuratura

© Sputnik / Anton Denisov
Hodisalar
Havola olish
403 0 0

Bosh prokuratura uyini AQSH dollarida sotayotgan fuqarolar ushlangani haqidagi xabarlarga izoh berdi.

TOSHKENT, 15 may — Sputnik. Bosh prokuratura matbuot xizmati uy savdosi vaqtida fuqarolar R.T. hamda N.L.ning qoʻlga olinishi haqidagi xabarlar yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

“Rasman maʼlum qilamizki, Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan bunday tadbir oʻtkazilmagan va oʻz-oʻzidan fuqarolar R.T. hamda N.L.larga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177 va 189-moddalari boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilmagan”, - deyiladi rasmiy bayonotda.

Avvalroq baʼzi OAVlarda Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Departament tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbirda 2 xonali uyni 25 ming AQSH dollari evaziga sotayotgan fuqarolar qoʻlga olingani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Asosiy mavzular