14:44 20 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Avtomobil skoroy pomoщi

Qogʻozistonda ichida 4 nafar Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan mashina YTHga uchradi

© Sputnik / Natalya Seliverstova
Hodisalar
Havola olish
245 0 0

YTHga uchragan “Lada Largus” yengil avtomobilida 7 ta odam, jumladan, 4 nafar Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan. YTH oqibatida voqea joyida Turkiya fuqarosi vafot etgan.

TOSHKENT, 20 may – Sputnik. Qozogʻistonda 4 nafar Oʻzbekiston fuqarosi joylashgan “Lada Largus” yengil avtomobili ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi.

TIV xabariga koʻra, YTH 19 may kuni Mangʻistau viloyati "Beyneu-Tajen" avtomagistralining 82-kilometrida sodir boʻlgan.

Maʼlum qilinishicha, “Lada Largus” yengil avtomobilida 7 ta odam, jumladan, 4 nafar Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan.

Xabarda YTH oqibatida voqea joyida Turkiya fuqarosi vafot etdi, qolganlar Beyneu tuman kasalxonasiga joylashtirilgani va ayni paytda Oʻzbekiston fuqarosi Ashirov Bobomurod Bazarboyevich mazkur tibbiy muassasaning jonlantirish boʻlimida qolayotgani qayd etilgan.

Qolgan jarohatlanganlarga, jumladan, Oʻzbekiston fuqarolariga kasalxonadan ruxsat berilgan.

Hozirda Beyneu tumani politsiya boʻlimi tomonidan mazkur masala oʻrganilmoqda.

Jarohatlangan oʻzbekistonliklarga amaliy koʻmak berish, jumladan, B.Ashirovga sifatli tibbiy yordam koʻrsatish uchun Elchixona Mangʻistau viloyati va Beyneu tumani maʼmuriyati bilan aloqa oʻrnatgan.

Shuningdek, ayni paytda fuqarolarni Oʻzbekistonga qaytarish boʻyicha choralar koʻrilmoqda.

Asosiy mavzular