09:01 21 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00

Yunusobodda uch nafar oʻsmirni urib yuborgan ayolga ayblov qoʻyildi

© Sputnik / Pavel Lisitsыn
Hodisalar
Havola olish
259 0 0

Haydovchi 12 yoshli uch nafar oʻsmirni urib yuborgan. YTH oqibatida oʻsmirlardan biri voqea joyida vafot etgan.

TOSHKENT, 7 iyun – Sputnik. Yunusobod tumanida uch nafar oʻsmirni urib yuborgan haydovchiga ayblov qoʻyildi.

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining xabar qilishicha, Yunusobod tumani 11-kvartalida yoʻlning chetida turgan uch nafar 12 yoshli oʻsmirni urib yuborgan “Neksiya-3” avtomobili haydovchisi 42 yoshli T.L.ga Oʻzbekiston JKning 266-moddasi 2-qismi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) boʻyicha ayblov qoʻyilgan.

Xabarda ayolga nisbatan Jinoiy ishlar boʻyicha Yunusobod tuman sudi uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllagani qayd etilgan. Ehtiyot chorasini qoʻllashda uning uch nafar voyaga yetmagan farzandi borligi, oilaning yagona boquvchisi ekanligi, muqaddam sudlanmaganligi kabi holatlar inobatga olingan.

Eslatib oʻtamiz, 4 iyun kuni Yunusobod tumanining 11-mavzesida “Neksiya” avtomobili haydovchisi yoʻl chetida boʻlgan 12 yoshli uch nafar oʻsmirni urib yuborgan. YTH oqibatida oʻsmirlardan biri voqea joyida vafot etgan. Ikkinchi oʻsmir olgan jarohatlari tufayli shifoxonaga yotqizilgan.  Uchinchi oʻsmir esa ambulator sharoitida koʻrikdan oʻtkazilgan va uyiga javob berilgan.

Asosiy mavzular