O‘zbekiston elchixonasi Moskvada otib o‘ldirilgan fuqaro ishini o‘z nazoratiga oldi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishNashivka na rukave sotrudnika politsii v Rossii, arxivnoe foto
Nashivka na rukave sotrudnika politsii v Rossii, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi T.S. qochishga va politsiya xodimining tabel qurolini qo‘lga kiritishga urinishi chog‘ida otib o‘ldirilgan.

TOShKENT, 8-iyun - Sputnik. O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixona konsullik bo‘limi Moskva shahrida politsiya xodimi tomonidan qochib ketishga uringan vaqtida otib o‘ldirilgan o‘zbekistonlik ishini o‘z nazoratiga oldi.

Avtomobili politsii na odnoy iz ulis v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada politsiya xodimi o‘zbekistonlikni otib o‘ldirdi

TIV xabariga ko‘ra, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limi O‘zbekiston tomonining so‘roviga ko‘ra xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi T.S.ning 2019-yil 7-iyun kuni Moskva shahar Koptevo IIBdan qochishga va politsiya xodimining tabel qurolini qo‘lga kiritishga urinishi chog‘ida otib o‘ldirilganligi to‘g‘risida OAVning tarqatgan xabarlarini tasdiqlagan.

Rossiya IIVning Moskva shahri bo‘yicha Bosh boshqarmasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda va uning yakunlari yuzasidan protsessual qaror qabul qilinadi.

“Elchixona Konsullik bo‘limi vaziyatni nazoratga olgan”, - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Moskva shahrida politsiya xodimi qochib ketishga uringan o‘zbekistonlikni otib o‘ldirilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0