Qozog‘istondagi YTH oqibatida 17 yoshli O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

© IA "Novosti-Kazaxstan", Anatoliy UstinenkoRabota politsii Kazaxstana
Rabota politsii Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning yana bir fuqarosi jarohat olgan va Aqtobe viloyati Aytekebi tumani “Komsomol” shaharchasidagi Markaziy tuman shifoxonasiga joylashtirilgan.

TOShKENT, 13-iyun - Sputnik. Qozog‘istondagi YTH oqibatida 17 yoshli O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, yana biri jarohat oldi.

TIVning O‘zbekistonning Olmaota shahridagi bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga tayanib xabar berishicha, 2019-yilning 11-iyun kuni Aqtobe viloyatida Qarabutaq-Aqtobe avtomobil yo‘lida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Kareta skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Istanbuldagi YTHda ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

“YTH oqibatida 15.09.2002-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Diyorbek Doniyor o‘g‘li Kushshayev vafot etdi”, - deyiladi vazirlik xabarida.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning yana bir fuqarosi 22.02.1986-yilda tug‘ilgan Daniyar Tahirovich Nishonov jarohat olgan va Aqtobe viloyati Aytekebi tumani “Komsomol” shaharchasidagi Markaziy tuman shifoxonasiga joylashtirilgan. Uning sog‘ligining holati o‘rtacha barqaror.

Bosh konsulxona tomonidan marhumning qarindoshlariga tegishli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda va vaziyat to‘liq nazoratga olingan.

Yangiliklar lentasi
0