04:39 25 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00

Oqdaryo hokimi jarimaga tortildi

© Sputnik / Grigoriy Sыsoyev
Hodisalar
Havola olish
261 0 0

Samarqand viloyati Oqdaryo tumani hokimining “Kaptiva” rusumli xizmat avtomobili old qismiga oʻzboshimchalik bilan “migalka” (stroboskop) oʻrnatilganligi aniqlandi.

TOSHKENT, 13 iyun – Sputnik. Oqdaryo hokimi avtomobiliga “migalka” oʻrnatgani uchun jarimaga tortildi.

OʻzAning maʼlum qilishicha, holat yuzasidan chora koʻrish boʻyicha tuman IIB YHXB Oqdaryo tuman boʻlimi boshligʻi katta inspektor leytenant N.Ibragimovga murojaat etilgan.

Taʼkidlanishicha, maʼmuriy huquqbuzarlik amaldor – tuman hokimining xizmat avtomobili bilan bogʻliq ekanligi uchun turli bahonalar bilan inkor qilinishiga harakat sezilgan.

Xabarda ushbu holat Samarqand viloyat IIB YHXB boshqarmasida muhokama qilindi va boshqarma rahbariyati aralashuvi natijasida huquqbuzarlik yuzasidan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgani qayd etilgan.

Asosiy mavzular