01:35 19 Yanvar 2020
Efir
  • RUB156.59
  • EUR10620.45
  • USD9550.76
Hodisalar
Havola olish
128 0 0

Bolalar qaynatilmagan suv ichganligi hamda bogʻcha hududidagi oʻrikzordan oʻrik mevasini yaxshi yuvmasdan yeganligi oqibatida kasallik kelib chiqqanligi taxmin qilinmoqda.

TOSHKENT, 19 iyun — Sputnik. Sirdaryodagi bogʻchada 25 kishi ovqatdan zaharlandi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimining xabar qilishicha, 18-19 iyun kunlari Sirdaryo viloyati Boyovut tumani 21-sonli maktabgacha taʼlim muassasasining 23 nafar tarbiyalanuvchisi, 1 nafar tarbiyachisi hamda 1 nafar hamshirasi tana haroratining koʻtarilishi, koʻngil aynishi, qayd qilish, ich ketishi, qorin sohasida ogʻriq kabi kasallik belgilari bilan Boyovut tuman tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar boʻlimiga “oʻtkir ichak kasalligi, ovqat toksikoinfektsiyasi” tashxisiga gumon qilinib yotqizilgan.

Bu haqda Dastlabki epidemiologik surishtiruvlar jarayonida mazkur muassasa ichimlik suvi bilan taʼminlanmagani, 17 iyun kuni toza ichimlik suvi tashib keltirilmaganligi natijasida bogʻchaning sanitariya-gigiyena qoidalari holati qoniqarsizligi, shuningdek, bolalar qaynatilmagan suv ichganligi hamda bogʻcha hududidagi mavjud oʻrikzordan oʻrik mevasini yaxshi yuvmasdan yeganligi oqibatida kasallik kelib chiqqanligi taxmin qilinmoqda. Oʻrganish va laboratoriya tekshirish ishlari davom etmoqda.

Xabarda bemorlarning ahvoli oʻrta va yengil ogʻirlikda, shifoxonada dori- darmonlar yetarli miqdorda, ularga kerakli barcha tibbiy yordam koʻrsatilayotgani qayd etilgan.

Oʻzbekistonliklar uch oy ichida asosan qaysi kasalliklardan vafot etishgan?

Vaziyat Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan nazoratga olingani qoʻshimcha qilingan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkentdagi “Oq-tepa lavash” umumiy ovqatlanish shoxobchalarida ovqatdan 49 kishi zaharlangani xabar qilingan edi. Bosh prokuratura mazkur ommaviy zaharlanish yuzasidan jinoiy ish qoʻzgʻatgan.

Oʻzbekiston notoʻgʻri ovqatlanishdan oʻlim holatlari darajasi boʻyicha “yetakchi” boʻldi 

Asosiy mavzular