07:49 05 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Hodisalar
Havola olish
375 0 0

Bitiruvchilar tantanasidan soʻng taksichi mashina ichida kar qizga tegajonlik qiladi.

TOSHKENT, 26 iyun – Sputnik. Leningrad viloyatida migrant taksichi bitiruvchilar bayramidan (“Alыe parusa”) soʻng kar maktab bitiruvchi qizni zoʻrlamoqchi boʻldi. Bu haqda Sputnik Tojikiston "Nevskiye novosti" nashriga asosan xabar qildi.

Bu holat 23 iyundan 24 iyunga oʻtar kechasi Kudrova shahrida sodir boʻldi.

Seshanba, 25 iyun kuni 48 yoshli erkak 17 yoshli qiziga nisbatan zoʻravonlik harakatlari sodir etilgani haqida ariza bilan politsiyaga murojaat qildi.

Arizada yozilishicha, qiz maxsus maktabni tamomlagani va u bitiruvchilar tantanasidan soʻng “Yandeks. Taksi”da uyga qaytayotgan boʻlgan.  

Shaharning Quruvchilar shoh koʻchasida joylashgan 20/2-sonli uy qarshisida taksi haydovchisi qizga tegajonlik qilishni boshlaydi. Taʼkidlanishicha, qiz uyga qochib ketishga muvaffaq boʻldi.

Politsiya xodimlari gumonlanuvchining shaxsini aniqlashdi. Oq rangli Hyundai Solaris mashinasi 24 yoshli Qirgʻiziston fuqarosi boshqaruvida boʻlgani maʼlum boʻldi.

Hozirgi vaqtda qirgʻizistonlik qidirilmoqda, jinoyi ishni qoʻzgʻatish masalasi hal qilinmoqda.

Asosiy mavzular