Toshkent tumanidagi AYoQShda sodir bo‘lgan yong‘in sabablari ochiqlandi

© MChSSilniy pojar na avtozapravke proizoshel v Tashkentskoy oblasti - video
Silniy pojar na avtozapravke proizoshel v Tashkentskoy oblasti - video - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yong‘in oqibatida “MAZ” va “Matiz” avtomashinalari yonib zarar ko‘rgan. Yong‘in o‘chirish vaqtida shu MChJ ishchisi kuyish jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan.

TOShKENT, 1-iyul – Sputnik. O‘zbekiston IIV Toshkent tumanidagi AYoQShda sodir bo‘lgan yong‘in tafsilotlarini ochiqladi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent tumanida 1-iyul soat 00.45 larda “Obod Kapital” MChJga qarashli AYoQShdagi yoqilg‘i sig‘imiga 30 yoshli N.I. boshqaruvidagi “MAZ” yoqilg‘i tashish avtomashinasidan yoqilg‘i to‘kayotganida yong‘in sodir bo‘lgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in soat 01.46da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida AYoQSh operator binosining 40 kv.m. maydonida tomi, shifti, ichki jihozlari, MChJ hujjatlari, “MAZ” yoqilg‘i tashish va shu yerda bo‘lgan “Matiz” avtomashinalari yonib zarar ko‘rgan.

Shuningdek, yong‘in o‘chirish vaqtida shu MChJ ishchisi kuyish jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan.

“Yong‘in “MAZ” yoqilg‘i tashish avtomashinasi haydovchisi N.I. yoqilg‘i to‘kish vaqtida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etmaganligidan kelib chiqqanligi aniqlangan”, - deyiladi IIV rasmiy xabarida.

Hozirda keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0