07:06 31 Mart 2020
Efir
  • RUB119.99
  • EUR10220.05
  • USD9532.74
Hodisalar
Havola olish
240 0 0

“Bahovuddin Naqshband” ziyoratgohida, tasodifan hovuzga tushib ketib choʻkayotgan bolani Qoʻriqlash boʻlimi xodimi qutqarib qoldi (video).

TOSHKENT, 2 iyul - Sputnik. Buxoroda hovuzga tushib ketib choʻkayotgan bolani IIV xodimi qutqarib oldi, deb xabar qilmoqda Daryo Buxoro viloyat IIB matbuot xizmatiga asosan.

Xabarda aytilishiga koʻra, andijonlik bolakay bir zum ota-onasining nazoratisiz qolib, hovuzga tushib ketgan.

“Bahouddin Naqshband” majmuasiga ziyoratga kelib, ota-onasining qarovisiz qolib, “Bibi Orifa” masjidi hovlisidagi hovuzga tushib ketgan, andijonlik 8 yashar bolaning hayoti qutqarib qolindi”, - deyilgan xabarda.

Bola kutilmagan tasodifdan oʻzini yoʻqotib qoʻygan va choʻka boshlagan. Shu dam ziyoratgohni videokameralar yordamida kuzatayotgan milliy gvardiya xodimi darhol yordamga yetib kelgan. Qoʻriqlash boshqarmasining 5 - alohida otryadi shaxsiy tarkibi 1-guruh safdor xodimi Dadaxon Xoʻjayev bolaning hayotini saqlab qolgan.

Press-slujba GUVD Buxoro
Milliy gvardiya Qoʻriqlash boʻlinmasi xodimi Dadaxon Xoʻjayev

Asosiy mavzular