07:37 21 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
kulak, arxivnoye foto

MIB xodimlari kaltaklagani boʻyicha rasmiy maʼlumot berildi

© sputnik Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov
Hodisalar
Havola olish
426 0 0

Surxondaryoda fuqarolar MIB xodimlarini duch kelgan joylariga urib, tan jarohati yetkazishib, xizmat faoliyatini bajarishdan voz kechishga majbur qilgan.

TOSHKENT, 5 iyul – Sputnik. Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida Majburiy ijro byurosi (MIB) xodimi kaltaklanayotgani aks etgan lavha yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati rasmiy bayonot berdi.

Maʼlum qilinishchia, byuroning Sherobod tuman boʻlimi davlat inspektorlari A.Eshonqulov, S.Fozilov va P.Taylanovlar birgalikda 29 iyun kuni soat taxminan 11.05 lar chamasi tumandagi "Gʻoʻrin-Gilambob" mahallasida yashovchi B.Normurodovning yashash xonadonida isteʼmol qilingan elektr energiyasi boʻyicha qarzdorligini aniqlash yuzasidan koʻrik oʻtkazayotgan vaqtida, xonadon egasining farzandlari E.Berdimurodov, U.Normurodov va L.Normurodovlar birgalikda xizmat vazifasini bajarayotgan boʻlim davlat inspektorlarining qonuniy faoliyatiga faol qarshilik qilishib, inspektorlarning duch kelgan joylariga urib, tan jarohati yetkazishgan va xizmat faoliyatini bajarishdan voz kechishga majbur qilgan.

Hodisa joyiga tuman prokurori, tuman prokuraturasi tergovchisi, tuman IIB boshligʻi, tuman IIB EKG eksperti va boshqa tergov tezkor guruhi aʼzolari chiqishgan.

   

Tuman sud-tibbiyot ekspertizasining xulosasiga koʻra, davlat inspektori Eshonqulovga "Sogʻlikning buzilishiga sababchi boʻlgan yengil tan jarohati" va  davlat inspektori Taylanovga "Yengil" tan jarohati yetkazilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi  tomonidan fuqarolar E.Berdimurodov va L.Normurodovlarga nisbatan JKning 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular