14:46 20 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Ruletka i igrovыe fishki

Tojikistonlik erkak rafiqasi oʻgʻirlagan pulni qimorda yutqazib qoʻydi

© Sputnik / Vitaliy Ankov
Hodisalar
Havola olish
434 0 0

Boshqirdistonlik gʻaznachi ayol bankdan 20 million rublni olib chiqqan, ularni turmush oʻrtogʻi qimor oʻyinda yutqazib qoʻydi.

TOSHKENT, 9 iyul – Sputnik. Tojikistonlik erkak rafiqasi tomonidan bankdan oʻgʻirlangan 20 million rublni qimor oʻyinda yutqazib qoʻydi, deb xabar qildi RIA Novosti. 

“Hozir u Moskvaga telekoʻrsatuvda ishtirok etish uchun borishni istamoqda. U bankga pullarni qaytarish uchun rossiyaliklardan yordam soʻramoqchi. U rafiqasi qamoqxonaga tushishini xohlamayapti”, - deb maʼlum qildi suhbatdosh.

Boshqirdistonlik ayol 27 may kuni Salavat shahridagi “Rosselxozbank” filiali bankida oʻgʻirlik qilishda gumonlanmoqda.

Rasmiy maʼlumotga koʻra, 36 yoshli ayol katta miqdorda pulni, xususan 140 ming dollar, 100 ming yevro va 9 million rublni yashirgan. Keyin u ishdan vahliroq ketish uchun javob soʻragan. Ruxsat olgach, hamkasblar bilan hayrlashib, ishdan ketgan.

Kechki tekshiruvda pul yetishmasligi aniqlandi. Gʻaznachi uyiga politsiya yuborildi, biroq u qochib ketgan ekan.

Taʼkidlanishicha, ayol bilan uning 41 yoshli turmush oʻrtogʻi, Tojikistonda tugʻilgan, ikki nafar 8 va 11 yoshli qiz farzandi, 40 yoshli singlisi va 63 yoshli otasi qochib ketdi.

Bundan keyin huquq tartibot organ xodimlari oilani qidiruvga berdi.

Bir haftadan soʻng gʻaznachi Qozon shahridagi ijaradagi uyda qoʻlga olindi. IIV maʼlumotiga koʻra, ayol yonida bankdan olingan pullar boʻlmagan.

Asosiy mavzular