Toshkent yaqinida ulkan yer ko‘chkisi sodir bo‘ldi

© Uzbekiston temir yullariVozle ugolnogo razreza "Angren" proizoshel sxod opolznya
Vozle ugolnogo razreza Angren proizoshel sxod opolznya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Angren ko‘mir konida hajmi 25 million metr kub bo‘lgan yer ko‘chkisi sodir bo‘ldi.

TOShKENT, 10-iyul – Sputnik. Toshkent viloyatida joylashgan Angren ko‘mir konida hajmi 25 million metr kub bo‘lgan yer ko‘chkisi sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Temir yo‘llari.

“8 iyul kuni soat 15:30 da Angren ko‘mir konining shimoliy tomonida hajmi 25 million metr kub bo‘lgan yer ko‘chkisi sodir bo‘ldi”, - deyilgan xabarda.

Ko‘chkisi sodir bo‘lishining asosiy sababi – aprel oyida yog‘ingarchilik miqdori bir necha yillik normadan ortiq bo‘lishi tufayli, yer osti suvlarining darajasi ko‘tarilib ketgan. Natijada yer osti suv bosimi ortib, qirg‘oqni ushlab turgan qum-tuproq yerlar yuvilib ketgan va qirg‘oq qulab tushgan – deyilgan O‘TY xabarida.

Xabarda shuningdek, ushbu yer ko‘chkisi muhandislik kommunikatsiyalariga, avtomobil yo‘llari, temiryo‘l va Angren ko‘mir koniga xavf tug‘dirmayotganini qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0