19:26 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Jenщinы v metro

Olmaotada oʻzbekistonliklar “ishlayotgan” fohishaxona aniqlandi

CC0 / pixabay
Hodisalar
Havola olish
162101

Mehmonxonada 19 nafar yengiltak ayol mijozlarga “xizmat” koʻrsatib kelayotgani aniqlangan.

TOSHKENT, 11 iyul — Sputnik. Qozogʻistonning Olmaota shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari Qirgʻiziston va Oʻzbekiston fuqarolari ishlab kelayotgan fohishaxonani aniqlashdi. Bu haqda Olmaota shahar politsiya departamenti xabar qilmoqda.

Idora xabariga koʻra, fohishaxona Olmaotaning Alatau tumanida koʻzdan nariroq joyda joylashgan mehmonxonada aniqlangan.

“Kechqurun soat 11lar atrofida “ish joyida” 19 nafar yengiltak qiz boʻlgan, ulardan ikkitasi Oʻzbekiston, yana ikkitasi esa Qirgʻiziston fuqarolaridir”, - deyiladi qozoq politsiyasi xabarida.

Fohishaxonaga mehmonxonaning boshqaruvchisi boʻlgan 47 yoshli ayol egalik qilgan. Ayol qoʻlga olingan va unga nisbatan Qozogʻiston Jinoyat kodeksining 301-moddasi 1-qismi bilan (“Qoʻshmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash”) jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. Hozirda unga nisbatan ehtiyot chorasini qoʻllash masalasi koʻrib chiqilmoqda.

Oʻzbekistonda fohishabozlikka qarshi qatʼiy choralar koʻrish taklif etildi

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda fohishalik uchun jarima miqdori oshirilgan. Bu ish bilan shugʻullanish eng kam oylik ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha jarima solinishiga olib keladi. Ushbu huquqbuzarlik bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

“Soatiga 150 ming soʻm” – “Oriyat” tadbirida qoʻlga olingan 187 ta yengiltak ayol iqrorliklari

Asosiy mavzular