08:56 21 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Devushka legkogo povedeniya

Toshkentda ikkita fohishaxona aniqlandi: uch kishi qoʻlga olindi

Fred DUFOUR / AFP
Hodisalar
Havola olish
1028 0 0

Ikki erkak kvartirani goʻyoki ijaraga olib, aslida u yerda qoʻshmachilik bilan shugʻullangan. Yana bir fuqaro 300 ming soʻm evaziga “muhabbatga tashna qalblar” uchun oʻz uyida barcha sharoitlarni muhayyo qilgan.

TOSHKENT, 15 iyul – Sputnik. Toshkent shahrida ikkita fohishaxona aniqlandi.

Toshkent shahar IIBB xabariga koʻra, 10 iyul soat 17:00da Yashnobod tumanida 42 yoshli Alisher B. va 41 yoshli Baxtiyor D. kvartirani goʻyoki ijaraga olib,  aslida u yerda foshihaxona tashkil qilgan. Maʼlum boʻlishicha, ular 100 ming soʻm evaziga “yolgʻiz qolishni istaganlarga” ijaraga olingan uydan joy berishgan.

Ushbu fakt boʻyicha Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 131-moddasi boʻyicha (“Qoʻshmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash”) jinoiy ish qoʻzgʻatildi.

Xuddi shu kuni Uchtepa tumanida 40 yoshli Shamsiddin M. 300 ming soʻm evaziga “yolgʻiz qolishni istaganlarga” uydian joy bergani aniqlangan. Ushbu fakt boʻyicha ham jinoiy ish qoʻzgʻatildi.

Hozirda yuqorida qayd etilgan jinoiy ishlar yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Yunusobodda oʻz uyida fohishaxona ochgan shaxs qoʻlga tushgani haqida xabar bergan edik.

Asosiy mavzular