18:49 13 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55

Toshkentda Lacetti haydovchisi uxlab qolib, koʻcha yoritgichi ustuniga borib urildi

© GUVD g. Tashkenta.
Hodisalar
Havola olish
304 0 0

Haydovchi YTH tufayli olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan. Biroq shifokorlarning urinishiga qaramay vafot etgan.

TOSHKENT, 17 iyul – Sputnik. Yakkasaroy tumanidagi Toshkent halqa avtomobil yoʻlida yoʻl transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda Toshkent IIBB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, YTH bugun, 17 iyul kuni soat 3:30lar atrofida roʻy bergan. 33 yoshli Temur I. oʻzining Lacetti rusumli avtomobilida yoʻlning qarama-qarshi tarafiga chiqib ketgan va koʻcha yoritgichi ustuniga borib urilgan.

Haydovchi YTH tufayli olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan. Biroq shifokorlarning urinishiga qaramay vafot etgan.

Xabarda YTHga haydovchining rulda uxlab qolgani sabab boʻlgani qayd etilgan.

Asosiy mavzular