TOSHKENT, 17 iyul – Sputnik. Krasnodar aeroporti orqali qoplon va yoʻlbars bolalarini olib chiqishga harakat qilgan Oʻzbekiston fuqarosi ushlandi, deb xabar qildi Krasnodar bojxona xizmati matbuot xizmati.
Taʼkidlanishicha, Krasnodar aeroportida bojxonachilar tomonidan “yashil yoʻlak” orqali oʻtayotgan 1985 yilda tugʻilgan Oʻzbekiston fuqarosiga tegishli qoʻl yuki bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.
Qoʻl yuklari orasida hayvonlarni olib oʻtish uchun moʻljallangan ikki dona konteyner borligi aniqlandi. Konteyner ichida uch bosh yirqich hayvonlarning bolalari boʻlgan.

Krasnodar hayvonot bogʻi boshligʻining xulosasiga koʻra, aniqlangan hayvonlar - ikki boshi 1,5 oylik qoplon (Panthera pardus) bolasi va bir bosh 2,5 oylik oq yoʻlbars (Panthera tigris tigris var. Alba) bolasi ekanligi maʼlum boʻldi.

Qoplon Rossiya Federatsiyasining Qizil kitobi va oʻta qimmat yirtqich hayvonlar roʻyxatiga kiritilgan.

Jonivorlar Krasnodar hayvonot bogʻiga joylashtirildi, hozir ularning aniq qiymati hisoblanmoqda.
Yirtqich hayvonlarni chegaradan olib oʻtishga uringan shaxsga qoʻlga olinib, unga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatildi.
Jinoiy ish materiallari transport prokuraturasiga yuborildi.