19:09 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Piteynыe zavedeniya Moskvы

Qirgʻizistonda aroq ichirilgan 6 yoshli bola vafot etdi

© Sputnik / Aleksey Kudenko
Hodisalar
Havola olish
672 0 0

Qirgʻizistonda aroq ichirilgan 6 yoshla bola bir hafta komada yotib vafot etdi.

TOSHKENT, 22 iyul – Sputnik. Qirgʻizistonda huquqni saqlash organlari 6 yoshli bolaning oʻlimida ayblanayotgan fuqaroni hibsga oldi, deb xabar qildi Sputnik Qirgʻiziston.

Magazinda alkogol mahsulotlar. Arxiv surat
© Sputnik / Yevgeniy Biyatov

Vafot etgan bolakayning onasi aytishiga koʻra, 12 iyul kuni uning oʻgay oʻgʻli A.P. doʻstlari bilan spirtli ichimliklar ichib uni kaltaklagan. Oqibatda ayol kishi bolani uyda qoldirib oʻzi qochib ketgan. Kechqurun uyiga qaytganida bolasining uxlab yotganini koʻrgan.

Ertalab esa bolasi uyquda emas koma holatida boʻlganini bilib qolgan va tibbiy yordamga murojaat qilgan. Keyinchalik maʼlum boʻlishicha A.P. 6 yoshli bolaga aroq ichirgan ekan. Bola bir hafta davomida koma holatida yotib oʻziga kelmasdan 20 iyul kuni vafot etgan.

Ushbu ish yuzasida 31 yoshli fuqaro A.P.ga nisbatan Qirgʻiziston Jinoyat Kodeksining 138 moddasiga muvofiq, Inson sogʻligʻiga ogʻir zarar yetkazishda ayblanmoqda. Ayni damda tergov ishlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular