Tailandga fohishalikka olib ketilayotgan ikki ayol to‘xtatib qolindi

© AFP 2023 / VALERY HACHEDevushki legkogo povedeniya
Devushki legkogo povedeniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jinoyatchi ikki nafar ayolni Tailandning Bangkok shahrida fohishalik bilan shug‘ullanishlari uchun olib ketishga urindi.

TOShKENT, 1 avg – Sputnik. Toshkent aeroportida Tailandga fohishalikka olib ketilayotgan ikki ayol to‘xtatib qolindi.

IIV xabariga ko‘ra, 21-iyul kuni O‘zbekiston IIV xodimlari tomonidan Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro aeroportida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Natijada Buxoro shahrida yashovchi 51 yoshli X.G. ismli ayol o‘z hisobidan ayni damda Rossiyada bo‘lgan 41 yoshli X.Sh. hamda Toshkentda bo‘lgan 29 yoshli X.N. ismli ayollarni Tailandning Bangkok shahrida fohishalik bilan shug‘ullanishlari uchun olib ketishga kelishib, X.N.ni Toshkent Xalqaro aeroportidan olib ketmoqchi bo‘lganida to‘xtatib qolingan.

Toshkentda 21 yashar ayolni Dubayga fohishalikka yuborayotgan shaxs qo‘lga olindi

Tezkor surishtiruv ishlari natijasida X.G. ushbu ikki ayolga Bangkok shahrida fohishalik bilan shug‘ullanishlari uchun sharoit yaratib berishni va’da qilganligi, evaziga ular X.G.ga 4000 dollar ishlab berishligi ma’lum bo‘lgan.

Toshkent aeroportida tezkor tadbir: Dubayga fohishalikka olib ketayotgan shaxs qo‘lga olindi

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, X.G. qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0