07:20 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
Avtomobilnaya doroga v Tashkente

Toshkentda Captiva avtomashinasida chiqib ketgan yigit qidirilmoqda

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Hodisalar
Havola olish
709 0 0

Toshkentda 19 yoshli yigit Captiva rusumli avtomashinasida uyidan nomaʼlum tomonga chiqib ketib, bedarak yoʻqolgan.

TOSHKENT, 4 avg - Sputnik. Toshkentda Captiva rusumli avtomashinasida chiqib ketgan yigit qidirilmoqda.

IIV xabariga koʻra, 3 avgust kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumani Beltepa mahallasida yashovchi 43 yoshli M.A. ismli ayol IIBga murojaat qilib, shu yil 1 avgust kuni soat 22:00larda birga yashovchi oʻgʻli 19 yoshli Komilxon Usmonov oʻzining davlat raqam belgisi 01 Z 455 RA  boʻlgan Captiva rusumli avtomashinasida uyidan nomaʼlum tomonga chiqib ketib, bedarak yoʻqolganligini maʼlum qilgan.

Taʼkidlanishicha, hozirda K.Usmonovni qidirib topish choralari koʻrilgan va holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

IIV Komilxon Usmonov yoki uning boshqaruvidagi Captiva avtomashinasi haqida biror bir maʼlumotga ega boʻlgan fuqarolardan ichki ishlar organlarining hududiy boʻlimlariga yoki “102” telefon raqamiga qoʻngʻiroq qilib, xabar berishlarini soʻraydi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkentda bedarak yoʻqolgan devnovlik 19 yashar Zulxumor Narzullayeva befarq boʻlmagan fuqarolarning koʻmagi bilan topilgani va onasi bilan yarashtirilgani xabar qlingan edi.

Asosiy mavzular