17:43 14 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55

Qozogʻistondagi YTHda uch nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi

© Fotolia / Jan H. Andersen
Hodisalar
Havola olish
475 0 0

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Qozogʻistonning Turkiston viloyatida Olmaota-Toshkent-Termiz avtotrassasida YTH boʻyicha bayonot berdi.

TOSHKENT, 5 avg – Sputnik. Oʻzbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi bergan maʼlumotga koʻra, 2019 yil 2 avgust Qozogʻistonning Turkiston viloyatida Olmaota-Toshkent-Termiz avtotrassasida yoʻl-transport hodisasi roʻy berdi.

TIV xabariga koʻra, unda 4 odam, jumladan 2 nafar yoʻlovchi – Oʻzbekiston fuqarolari F.T. va D.A. voqea joyida halok boʻldi. Uchinchi oʻzbekistonlik R.J. olingan jarohatlardan Chimkent shahar shifoxonasida vafot etdi.

YTH boʻyicha jinoiy ish ochilib, tergov olib borilmoqda.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi va marhumlarning jasadlarini vatanga yuborish boʻyicha ularning oila aʼzolariga konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam koʻrsatmoqda.

Asosiy mavzular