Novosibirskda O‘zbekiston fuqarolari YTHga uchradi

© PixabayZnak avariynoy ostanovki
Znak avariynoy ostanovki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
YTH oqibatida bir kishi vafot etgan, haydovchi va mikroavtobusning 8 nafar yo‘lovchisi, jumladan, 7 nafar O‘zbekiston fuqarosi jarohat olgan.

TOShKENT, 20 avg – Sputnik. 18-avgust kuni Rossiyaning Novosibirsk viloyatida K-17p trassasining 374-kilometrida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda TIV xabar qilmoqda.

Xabarda qayd etilishicha, unda bir kishi vafot etgan, haydovchi va mikroavtobusning 8 nafar yo‘lovchisi, jumladan, 7 nafar O‘zbekiston fuqarosi jarohat olgan.

Vzletnaya polosa aeroporta v Stambule. - Sputnik O‘zbekiston
Bosh konsullik Turkiyaga bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

Barcha jarohatlanganlar Novosibirsk viloyati Karasuk shahar markaziy tuman kasalxonasiga joylashtirildi.

Ushbu holat yuzasidan tergovgacha bo‘lgan tadbirlar olib borilmoqda.

Bosh konsulxona mazkur vaziyatni o‘z nazoratiga oldi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tibbiyot muassasalari bilan aloqa o‘rnatdi.

Konsullik-huquqiy departamenti eslatishicha, Rossiyaning Sibir federal okrugi (Oltoy Respublikasi, Oltoy o‘lkasi, Buratiya Respublikasi, Irkutsk viloyati, Baykal orti o‘lkasi, Kemerovo viloyati, Krasnoyarsk o‘lkasi, Novosibirsk viloyati, Novosibirsk shahri, Omsk viloyati, Tomsk viloyati, Tuva Respublikasi, Xakasiya Respublikasi) hududida fuqarolar zarur holatlarda O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-383-246-04-85, +7-383-246-04-84, +7-383-246-04-63, +7-383-246-04-64

Yangiliklar lentasi
0