01:30 11 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Hodisalar
Havola olish
248 0 0

Samarqand va Qarshida mushakbozlik vaqtida ochiq maydondagi qurigan oʻtlar yongan.

TOSHKENT, 2 sen – Sputnik. Samarqand va Qarshida mushakbozlik vaqtida ochiq maydondagi qurigan oʻtlar yongan. Bu haqda Sputnik muxbiriga FVV matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, 2019 yil 1 sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yilligi bayrami munosabati bilan Samarqand shahridagi “V.Abdulla” koʻchasi oldidagi ochiq maydonda oʻrnatilgan mushaklar otilishi jarayonida mushaklarning oʻchmay qolgan choʻgʻ parchalari 350 metr uzoqlikdagi qurigan oʻtlar ustiga kelib tushishi natijasida 40 sotix maydonda quruq oʻt yongan.

Mazkur tadbirga jalb etilgan navbatchilikda turgan 3 ta yongʻin oʻchirish ekipaji hamda 1 ta suv tashishga moʻljallangan yordamchi texnika yordamida yongʻin soat 21:27 da toʻliq bartaraf etilgan. Tan jarohati olganlar yoʻq. Alanga bino va inshootlarga oʻtmagan.

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahridagi M.Toshmuxammedov nomidagi musiqali drama teatri oldidagi ochiq maydonda oʻtkazilgan mushakbozlik davomida mushaklardan birining nuqsoni boʻlganligi va uning yetarlicha yerdan koʻtarilmasdan yorilishi evaziga undan chiqqan uchqun 300 metr uzoqlikdagi qurigan oʻtlar ustiga tushishi oqibatida 40 kv.metr maydonda yongʻin yuzaga kelgan. Tadbirga jalb etilgan navbatchilikda boʻlgan 3 ta yongʻin oʻchirish ekipaji yordamida yongʻin 5 daqiqada bartaraf etilgan. Tan jarohati olganlar yoʻq. Alanga bino va inshootlarga oʻtmagan.

Asosiy mavzular