07:19 22 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30

Rossiyada IIV xodimlari farzandlarini oʻgʻirlab, ularni jazolashga chaqirgan bloger qamaldi

© Sputnik / Vitaliy Belousov
Hodisalar
Havola olish
177 0 0

Rossiyalik bloger Vladislav Sinitsa Twitter᾽dagi posti tufayli bir necha yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U ekstremizmda aybdor deb topildi.

TOSHKENT, 3 sen – Sputnik. Rossiyalik bloger Vladislav Sinitsa Twitter᾽dagi posti tufayli 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Uning soʻzlari huquqni muhofaza qilish xodimlarining farzandlariga nisbatan zoʻravonlik qilishga chaqiriq sifatida baholangan. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, bloger “xatti-harakatining xususiyati va ijtimoiy xavfliligini anglagan holda” post yozib qoldirgan, uning maqsadi esa “nafrat va adovatni qoʻzgʻash” boʻlgan.

Sud ijtimoiy tarmoqlarda 30 yoshli Maks Steklov (Vladislav Sinitsa) tomonidan yozib qoldirilgan matnni biror kishi Moskvadagi noqonuniy namoyishlarga qarshi kurashishda ishtirok etgan huquq-tartibot xodimlarining farzandlariga zarar yetkazishda qoʻllanma sifatida qabul qilishi mumkinligini aniqlagan.

Sudda guvoh sifatida Rosgvardiya xodimi soʻroq qilingan.

“Birinchi avgust kuni ishdan qaytib, yangiliklardan xabardor boʻlish uchun uchun telefonni ochdim. Twitter`ni ochib, bu xabarlarni koʻrdim – keyinchalik jazolash uchun Rossiya gvardiyasi xodimlarining bolalarini oʻgʻirlashga oid chaqiriqlar. Bu meni sergaklantirdi va men  qizimning hayoti va sogʻligʻi uchun qoʻrqishni boshladim”, - deya sudda koʻrsatma bergan xodim.

Sudlanuvchining oʻzi aybini tan olmagan. Uning taʼkidiga koʻra, uning soʻzlari kontekstdan yulib olingan.

Joriy yilning iyul oyida kunlari Moskva shahar Dumasi deputatligiga nomzodlar tomonidan tashkil etilgan hukumat bilan kelishilmagan mitinglar boʻlib oʻtgandi. Huquqbuzarlik uchun jami 1,7 ming kishi hibsga olingan.

Tergov qoʻmitasi ommaviy tartibsizliklar va hokimiyat vakillariga hujum qilish toʻgʻrisida jinoyat ishlarini qoʻzgʻatgan.

Asosiy mavzular