20:27 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Bespilotnik

Oʻzbekistonga dron olib oʻtishga uringan fuqaro toʻxtatib qolindi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov
Hodisalar
Havola olish
122 0 0

Uning yukida hech qanday tegishli hujjatlari boʻlmagan 1 dona “Discovery” nomli uchuvchisiz uchish apparati borligi maʼlum boʻldi.

TOSHKENT, 4 sen – Sputnik. Surxondaryo viloyati bojxona boshkarmasi Boldir temir yoʻl chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qoʻshni mamlakat hududidan yoʻlovchi poyezdida yoʻlovchi sifatida kirib kelgan fuqaro K.G. bojxona nazoratidan oʻtkazildi.

“Natijada  mazkur fuqaroning qoʻl yuklari orasidan ogʻzaki soʻrovda maʼlum qilinmagan va hech qanday tegishli hujjatlari boʻlmagan 1 dona “Discovery” nomli uchuvchisiz uchish apparati borligi maʼlum boʻldi”, - Bojxona qoʻmitasi xabarida.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonga dronlarni noqonuniy olib kirganlik uchun qamoq jazosi belgilangan. Jinoyat kodeksiga uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, oʻtkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish uchun uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi kiritilgan.

Asosiy mavzular