00:30 20 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Mashina posle DTP. Illyustrativnoye foto

Qozogʻistondagi ayanchli YTHda 3 nafar oʻzbekistonlik qurbon boʻldi

CC0 / pixabay
Hodisalar
Havola olish
184 0 0

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tibbiyot muassasa bilan tezkor aloqa oʻrnatgan.

TOSHKENT, 9 sen - Sputnik. Qozogʻistondagi ayanchli YTHda 3 nafar oʻzbekistonlik qurbon boʻldi.

TIV xabariga koʻra, 8 sentyabr kuni Qozogʻistonning Turkiston viloyati hududida Chimkent-Samara avtotrassasida yoʻl-transport hodisasi roʻy bergan. Unda 4 odam jabrlangan.

“2 nafar ayol M.U. va M.M. voqea joyida, Z.S. esa kasalxonada vafot etdi. Davlat raqami 40R988QA boʻlgan “Nexia” avtomashinasi haydovchisi M.U. Oʻrdabasi tumani tez yordam shifoxonasining reanimatsiya boʻlimiga joylashtirilgan”, - deyiladi xabarda.

YTH boʻyicha jinoiy ish ochilib, tergov olib borilmoqda.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tibbiyot muassasa bilan tezkor aloqa oʻrnatgan hamda marhumlarning jasadlarini vatanga yuborish boʻyicha konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar bilan shugʻullanmoqda.

Asosiy mavzular